YUNESKO tashkiloti tomonidan Tabiiy fanlar sohasidagi YUNESKO/Ekvatorial Gvineya xalqaro mukofotiga 2025-yil uchun tanlovi e’lon qilingan

YUNESKO tashkiloti tomonidan Tabiiy fanlar sohasidagi YUNESKO/Ekvatorial Gvineya xalqaro mukofotiga 2025-yil uchun tanlovi e’lon qilingan

YUNESKO tashkiloti tomonidan Tabiiy fanlar sohasidagi YUNESKO/Ekvatorial Gvineya xalqaro mukofotiga 2025-yil uchun tanlovi e’lon qilingan. YUNESKO/Ekvatorial Gvineya xalqaro mukofoti 300,000 AQSH dollariga teng bo‘lib, tanlovda muvaffaqiyatli ishtirok etgan uch nafar nomzod o‘rtasida teng taqsimlanadi hamda diplom va estalik sovg‘asi bilan taqdirlanadi.

Mukofotga tavsiya etilgan nomzodlar xalqaro hayʼat bahosi va tavsiyasi asosida YUNESKO Bosh direktori tomonidan tanlab olinadi. Tanlovda qatnashish uchun nomzodlar 10-mart kuniga qadar www.unesco.org/egip/account-reguest havolasi orqali onlayn tarzda ro‘yxatdan o‘tishi va quyidagi zarur hujjatlarni taqdim etishi lozim:

- ariza varaqasi;

- nomzodning mukofot maqsadlariga qo‘shgan hissasi bo‘yicha (1000 so‘zdan oshmagan) axborot;

- nomzodning ilmiy-amaliy faoliyati bo‘yicha qisqacha maʼlumot;

- nomzodning muhim 10 ta ilmiy nashrining ro‘yxati.