“Yurt taraqqiyoti yo‘lida birlashaylik” shiori ostida “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston
kasaba uyushmalari tashkil topganining 120 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston
transport, yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba
uyushmasi Respublika kengashi tashabbusi bilan Toshkent arxitektura-qurilish
universitetida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi. Mazkur tadbir
“Yurt taraqqiyoti yo‘lida birlashaylik” shiori ostida o‘tkazilib, tarmoq kasaba
uyushmasi tizimidagi davlat oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida bilim
va tafakkur bellashuviga aylandi. Tadbir avvalida universitet rahbariyati va
mehmonlar ishtirokida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida manzarali
daraxt ko‘chatlari ekildi. Ushbu ezgu tashabbus bayramona ruhni yanada oshirdi.
Tadbirning
ochilish
marosimi
davlat madhiyasi ijrosi bilan boshlandi. Shundan so‘ng, hakamlar hay’ati tomonidan jamoalar
tanishtirilib, intellektual bellashuvga rasmiy start berildi.
“Zakovat” o‘yini do‘stona muhitda, yuqori saviyada
o‘tkazildi.
Unda
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti
Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti
Toshkent
davlat transport universiteti
Toshkent
kimyo-texnologiyalar instituti Yangiyer filiali jamoalari faol ishtirok
etdilar. Bellashuv yakunida Toshkent arxitektura-qurilish universiteti jamoasi
g'olib deb topildi. Tadbir yakunida barcha jamoalarga diplom
va qimmabaho esdalik sovg‘alari topshirildi.