“Zilzila sodir bo‘lganda talabalarni evakuatsiya qilish” mavzusida amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi
Toshkent arxitektura-qurilish universitetining Fuqaro va mehnat
muhofazasi bo‘limi hamda Yunusobod tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi
xodimlari hamkorligida universitetning 1-sonli talabalar turar joyida “Zilzila
sodir bo‘lganda talabalarni evakuatsiya qilish” mavzusida amaliy mashg‘ulot
o‘tkazildi.
Tadbirning maqsadi — favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda to‘g‘ri
harakatlanish ko‘nikmalarini shakllantirish, talabalarni xavfsizlik qoidalariga
rioya etishga o‘rgatish hamda evakuatsiya jarayonini samarali tashkil etishdan
iborat bo‘ldi.
Mashg‘ulotda 300 dan ortiq talaba ishtirok etdi. Tadbirda universitet
Fuqarolar va mehnat muhofazasi bo‘limi boshlig‘i O. Berdiyorov, mutaxassis R.
Axunov, shuningdek Yunusobod tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari —
mayor M. Ubaydullaev va B. Kuchkarovlar ishtirok etishdi.
Amaliy mashg‘ulot davomida talabalarga zilzila va boshqa favqulodda
holatlar paytida to‘g‘ri harakatlanish, binodan xavfsiz evakuatsiya qilish
hamda bir-biriga yordam ko‘rsatish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
