2025-yil 15-yanvarda Toshkent arxitektura-qurilish universiteti va "O‘zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi rahbariyati va mutaxassislari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti, “O‘zbekiston sanoat-qurilish
banki” aktsiyadorlik tijorat banki, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi,
“O‘zqurilishmateriallariLITI” MChJ, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi
qoshidagi R&D tadqiqotlar markazi rahbariyati va mutaxassislari bilan 2025
yil 15 yanvar kuni uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda quyidagi vazifalar
muhokama etildi, xususan:
- qurilish materiallari va
buyumlari ishlab chiqaruvchi korxonalarning munosabatlari asosida ta’lim
mazmuni takomillashtirish;
- dual ta’lim tizimi asosida oliy
ma’lumotli kadrlar tayyorlash sifatini takomillashtirish; ilm-fan va ishlab
chiqarish o‘rtasida integratsiyani yanada rivojlantirish; korxonalarda
talabalarning amaliyotlarini sifatli o‘tkazish;
- korxonalarning muammolari
Yechimiga qaratilgan ilmiy-tadqiqot va bitiruv malakaviy ishi mavzularini
shakllantirish;
- qurilishda talabi yuqori
bo‘lgan sifatli yangi mahsulot turlarini yaratish va kengaytirish hamda
tarmoqning eksport salohiyatini oshirishga doir ilmiy asoslangan innovatsion va
fundamental loyihalarni ishlab chiqish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik ishlarini
yanada rivojlantirish;
- qurilish materiallari ishlab
chiqarishdan boshlab foydalanish davrigacha ekologiya va atrof-muhitga ta’sirni
cheklash bo‘yicha qo‘yilayotgan talablar asosida “yashil sertifikatlar”
tizimida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish;
- Toshkent arxitektura-qurilish
universiteti imkoniyatlarini tijoratlashtirish.
Uchrashuvda belgilangan vazifalarni natijadorligini ro‘yobga chiqarish
bo‘yicha yo‘l xaritasi kelishib olindi.