2026/2027-yillar uchun “WISE Prize for Education” xalqaro mukofoti tanlovi

2026/2027-yillar uchun “WISE Prize for Education” xalqaro mukofoti tanlovi

    Oʻzbekiston Respublikasining Qatardagi elchixonasidan olingan maʼlumotda “Qatar Foundation” tashkilotining tashabbusi – 2026/2027-yillar “WISE Prize for Education” mukofoti uchun tanlov eʼlon qilinganligi va arizalar qabul qilish jarayoni boshlanganligi maʼlum qilingan. “WISE Prize for Education” mukofoti uchun tanlov XIII-Taʼlim boʻyicha Butunjahon Innovatsiyalar Sammiti (World Innovation Summit for Education, WISE) oʻtkazilishi munosabati bilan tashkil etilmoqda. Mazkur tanlov global taʼlim muammolariga innovatsion yechimlar ishlab chiqish hamda taʼlim tizimida samarali va barqaror oʻzgarishlarni amalga oshirishga qaratilgan loyihalarni moliyaviy va texnik qoʻllab-quvvatlash maqsadida oʻtkazilmoqda. Tanlov doirasida kam taʼminlangan va taʼlimdan chetda qolgan bolalar uchun taʼlim imkoniyatlarini kengaytirish, sunʼiy intellektdan samarali foydalanish, savodxonlik va matematika boʻyicha bazaviy koʻnikmalarni mustahkamlash hamda oʻquvchilarning psixologik va jismoniy salomatligini qoʻllab-quvvatlash kabi yoʻnalishlariga alohida eʼtibor qaratilishi taʼkidlab otilgan.Batafsil maʼlumot WISE rasmiy saytida keltirilgan: https://www.wise-qatar.org/app/uploads/2026/05/wise_prize_for_education_2026_2027-final.html