4-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Voleybol federatsiyasi hamda Toshkent arxitektura-qurilish universiteti oʻrtasida hamkorlik MEMORANDUMI imzolandi
Unda Oʻzbekiston Respublikasi Voleybol federatsiyasi
nizomi asosida ish yurituvchi raisi oʻrinbosari Fayziyev Jamshid
Shukrullayevich hamda Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Sport klubi
rais oʻrinbosari Yorqulov Gʻayrat Ibragimovich ishtirok etdilar. Hamkorlikdan
koʻzlangan asosiy maqsad talaba yoshlar oʻrtasida sportning ommaviy turlari
boʻlmish Voleybol sport turini keng ommalashtirish orqali mamlakatimizda
sogʻlom turmush tarzini yanada mustahkamlash va vatanimiz shanini xalqaro
musobaqalarda munosib himoya qila oladigan sportchi yoshlarni tarbiyalashdan
iborat.