Abiturientlar va ularning ota-onalari diqqatiga!
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 17-yanvardagi “Oliy taʼlim tashkilotlarida abituriyentlar, jumladan, kambagʻal
va kam taʼminlangan oilalarning bitiruvchi sinfdagi farzandlari uchun tayyorlov
kurslarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 18-sonli buyrug‘i ijrosi yuzasidan
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida Matematika, Fizika, Kimyo,
Chizma geometriya, Rasm, Ona tili va adabiyot va Ingliz tili fanlari
bo‘yicha abiturientlarni tayyorlov kurslari faoliyat yuritmoqda.
Tayyorlov kurslari quyidagi dars jadvallari asosida ko‘p yillik
tajribaga ega va yuqori malakali professor-o‘qituvchilar tomonidan olib
boriladi.
Shu bilan birga, Universitetning abituriyentlar uchun tayyorlov kurslarida kambagʻal va kam taʼminlangan oilalarning bitiruvchi sinfdagi farzandlarini bepul asosda oʻqitishlari mumkinligini ma’lum qilamiz.