AFES–2025 Yozgi maktabi doirasida Samarqandga ilmiy-madaniy sayohat tashkil etildi

IAFES–2025 Xalqaro yozgi maktabi doirasida ishtirokchilar uchun O‘zbekistonning tarixiy va madaniy markazi — Samarqand shahriga ilmiy-madaniy sayohat uyushtirildi. “Sharq durdonasi” sifatida e’tirof etiladigan ushbu qadimiy shahar nafaqat mintaqa, balki butun insoniyat sivilizatsiyasi tarixida o‘ziga xos o‘rin tutadi.

Dastur davomida ishtirokchilar Registon maydoni majmuasi, Bibixonim masjidi, Shohi Zinda majmuasi kabi betakror tarixiy obidalar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, Temuriylar sulolasining buyuk vakili Amir Temur maqbarasi — Go‘ri Amir majmuasiga tashrif buyurish ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Maqbaraning noyob me’moriy uslubi, bezak san’ati hamda tarixiy ahamiyati barcha mehmonlarda chuqur hayrat uyg‘otdi.

Mazkur sayohat ishtirokchilarning tarixiy va ma’naviy bilimlarini yanada boyitish, O‘zbekistonning boy madaniy merosi bilan yaqindan tanishtirish bilan birga, turli davlatlardan kelgan jamoalar o‘rtasida madaniyatlararo muloqotni mustahkamlashga xizmat qildi.