Ajou University in Tashkent tanlovi
Ajou University in Tashkent 2025-yil 12-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan International
Voices Summit 2025 notiqlik tanloviga talabalarni taklif etadi.
Tanlov bosqichlari:
1-bosqich (Ichki tanlov):
— Sana: 2025-yil 21-noyabr
— Joy: Ajou University in Tashkent
— Natija: 5–6 nafar eng yaxshi ishtirokchi finalga yo‘llanma oladi.
2-bosqich (Final – Xalqaro bosqich):
— Sana: 2025-yil 12-dekabr
— Joy: Ajou University Conference Hall
— Ishtirokchilar: Ajou Universiteti finalistlari va xalqaro universitetlar
talabalari.
Mavzu:
“Empowering Minds Through Speech” (rasmiy mavzu ro‘yxatdan o‘tishda
e’lon qilinadi)
Nutq talablari:
— Vaqt: 4–6 daqiqa
— Til: Ingliz tili
— Nutq original bo‘lishi kerak
— Rasmiy yoki yarim rasmiy kiyim talab etiladi
— Nojo‘ya, siyosiy va kamsituvchi mazmun ishlatilmaydi
— Nutq jarayonida ko‘z bilan aloqa, ovozni aniq yetkazish va ishonchli tana
tili muhim
— Belgilangan vaqtdan 30 daqiqa oldin tayyor bo‘lish kerak
— Texnik vositalar taqdim etiladi
Baholash va mukofotlar:
— 1-o‘rin: The Voice of Excellence
— 2-o‘rin: The Silver Orator
— 3-o‘rin: The Rising Voice
— Eng yaxshi ijro: The Art of Expression
— Eng yaxshi mazmun: The Power of Words
— Tomoshabinlar tanlovi: The People’s Voice
Aloqa uchun:
Email: zulayhopardayeva8@gmail.com
Telefon: +998 (90) 122 73 73
Telegram: @dotsentZulaykhoPardaeva

