Arab madaniyati uchun YUNESKO/Sharja mukofoti

Arab madaniyati uchun YUNESKO/Sharja mukofoti

YUNESKO tashkiloti tomonidan Arab madaniyati uchun YUNESKO/Sharja mukofoti e’lon qilingan bo‘lib, mukofot miqdori 60.000 AQSH dollarini tashkil etadi hamda ikki laureat o‘rtasida teng taqsimlanadi.

YUNESKO/Sharja mukofoti arab madaniyatini xalqaro miqyosda keng targ‘ib qilish va rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shgan atoqli olim, olimlar guruhi yoki ilmiy muassasaga taqdim etilishi belgilangan.

Mukofot talablariga ko‘ra, tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlar zarur hujjatlarni onlayn tarzda YUNESKO platformasiga yuklashi kerak.

Mazkur mukofot to‘g‘risidagi batafsil ma’lumot bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin: https://en.unesco.org/prizes/sharjah