Azarbayjon me'morlik va inshoot universitetida Toshkent arxitektura-qurilish universiteti o'qituvchilari bilan yakuniy uchrashuv bo'lib o'tdi.
Azarbayjon
me'morlik va inshoot universitetida Toshkent arxitektura-qurilish universiteti
o'qituvchilari bilan yakuniy uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuv Azarbayjon
me'morlik va inshoot universiteti o’quv ishlari bo‘yicha prorektori,
professor Akif Kosimov, kafedra mudirlari: professor Muxlis Xojiyev, professor
Nurmamed Mammadov, dotsent Salatin Ahmedova, dotsent Aygun Mammadova va Tashqi
aloqalar bo‘limi boshlig’i o’rinbosari Kenul Shirinova hamda Toshkent
arxitektura-qurilish universiteti professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida ikki davlat universitetlari o‘rtasida o’quv, ilmiy-tadqiqot
va o‘quv-uslubiy sohalardagi hamkorlikni kuchaytirish, xalqaro loyihalar va
grantlar doirasida birgalikdagi ishlash imkoniyatlarini rivojlantirish,
o‘qituvchi va talabalar almashish, hammualliflikda maqola va monografiyalar
nashr qilish, hamkorlikda seminar va konferensiyalar o‘tkazish,
universitetlarning ilmiy jurnallarida tahririyat a’zoligi bo‘yicha hamkorlik
qilish masalalari kelishib olindi. Uchrashuv yakunida AzMIU rahbariyati
tomnidan Toshkent arxitektura-qurilish universiteti professor-o‘qituvchilariga
stajirovka o'tganligi bo'yicha sertifikatlar topshirildi.
Batafsil:https://azmiu.edu.az/az/news/4323