“Beca Colombia” stipendiya dasturi e’lon qilinadi

“Beca Colombia” stipendiya dasturi e’lon qilinadi

    Kolumbiyaning Ta’lim kreditlari va chet eldagi texnik tadqiqotlar instituti (ICETEX) tomonidan 2026/2027-o‘quv yili uchun xorijiy fuqarolar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun “Beca Colombia” stipendiya dasturi e’lon qilinadi. Nomzodlar joriy yilning 5-iyun sanasiga qadar quyidagi havola orqali https://web.icetex.gov.co/becas/beca-colombia-extranjeros ro‘yxatdan o‘tishlari talab etiladi. Mazkur stipendiyada ishtirok etish uchun nomzodlardan bakalavr diplomi o‘rtacha bali kamida 4.0-5.0 (Kolumbiya tizimi bo‘yicha), va kamida 12 oylik professional ish tajribasiga (magistratura uchun) ega bo‘lishlari kerak. Shuningdek, nomzodlardan bakalavr diplomi nusxasi, bakalavr transkripti (GPA va baholash tizimi ko‘rsatilgan holda), motivatsiya xati, tibbiy ma’lumotnoma, hamda ish tajribasini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishlari so‘raladi. Stipendiya yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot uchun Kolumbia elchixonasiga elektron pochta orqali murojaat qilishingiz mumkin: erusia@cancilleria.gov.co.

    Ilovasi...