Berlin shahrida O‘zbekiston – Germaniya universitetlarining birinchi forumi bo‘lib o‘tmoqda.
Tadbir doirasida Toshkent
arxitektura-qurilish universiteti rektori B.A.Tulaganov “Arxitektura va
qurilish sohasidagi tadqiqotlar va innovatsiyalar” mavzusida nutq so‘zladi.
Rektor o‘z ma’ruzasida
arxitektura va qurilish sohalida olib borilayotgan innovatsion tadqiqotlar,
mavjud yangiliklar hamda sohaning dolzarb yo‘nalishlariga to‘xtalib o‘tdi.
Shuningdek, so‘nggi yillarda Toshkent arxitektura-qurilish universiteti
erishgan yutuqlar, ta’lim sifatini oshirish borasidagi tashabbuslar, hukumat
rahbariyati tomonidan ko‘rsatilayotgan e’tibor, universitetga oid qaror va
farmonlarning ijrosi haqida batafsil ma’lumot berdi.
Universitetning xalqaro
hamkorlik aloqalarini kengaytirish, talaba va professor-o‘qituvchilar uchun
yaratilgan shart-sharoitlar, ilmiy-tadqiqot faoliyatining rivojlanishi, hamda
universitetni modernizatsiya qilish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar ham alohida
ta’kidlandi.

