Bugun Toshkent arxitektura-qurilish universitetining tashkil topganiga 34 yil to‘lishi munosabati bilan barchangizni chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!
Universitetimiz o‘tgan yillar davomida Respublikamizda
arxitektura, qurilish va muhandislik yo‘nalishlarida yetakchi oliy ta’lim
muassasasiga aylandi.
Bu yillar davomida biz minglab yuqori malakali
mutaxassislarni tayyorlab, mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib
keldik. Bu yutuqlarda fidokor professor-o‘qituvchilarimiz, izlanishga chanqoq
talabalarimiz va fidoyi xodimlarimizning hissasi beqiyosdir. Bugungi kunda
universitetimiz xalqaro standartlar asosida ta’lim beruvchi, ilmiy-tadqiqot
ishlari bilan faol shug‘ullanuvchi va xorijiy hamkorlikni izchil
rivojlantirayotgan zamonaviy ta’lim dargohiga aylangan. Xalqaro hamkorlik
doirasida bir qator ilg‘or xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan qo‘shma
dasturlar va loyihalarni amalga oshirmoqdamiz.
Ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan sizlarga mustahkam
sog‘lik, ilmiy va ijodiy yutuqlar, yangi zafarlar va bardavom muvaffaqiyatlar
tilayman. Universitetimiz taraqqiyoti yo‘lida yelkama-yelka turib, kelajakda
yanada ulkan marralarni zabt etamiz, deb ishonaman.
Toshkent arxitektura-qurilish universitetining 34
yillik bayrami barchamizga muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Tulaganov Baxrom Abdukabilovich
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori