“Butunjahon turkiy tillar kuni”
O‘zbekiston Respublikasi, Turkiya, Ozarboyjon,
Qozog‘iston va Qirg‘iziston tomonidan UNESCOga a’zo 26 ta davlat
hammuallifligida ilgari surilgan tashabbus asosida UNESCO Bosh
konferensiyasining 43-sessiyasida 15-dekabr “Butunjahon turkiy tillar kuni”
etib belgilangan. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi,
“Vatandoshlar” jamoat fondi, “El-yurt umidi” jamg‘armasi va “Ma’rifat”
targ‘ibotchilar jamiyati hamkorligida 2025-yil 25-dekabr kuni soat 11:00
dan 17:00 gacha O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining faollar zalida
“Turkiy tillar birligi - Bir ildiz, bir til, bir madaniyat” mavzusida
adabiy-ma’rifiy kecha o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Mazkur tadbirda turkiy tillarda so‘zlashuvchi
davlatlardan tashrif buyurib mamlakatimizda tahsil olayotgan talabalar, mazkur
soha doirasida ilmiy tadqiqot ishlari olib borayotgan doktorantlar hamda
mahalliy va xorijlik turkiy olimlar ishtirokini ta’minlashlari so‘raladi.

