Buyuk Britaniya darajalari O‘zbekistonda!
Endi siz O‘zbekistonni tark etmasdan turib, Buyuk Britaniya universiteti
darajasini qo‘lga kirita olasiz.
Bu imkoniyat Xalqaro malakalar va baholash markazi (IQAC) tomonidan
taqdim etilmoqda — Markaz O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi
Strategik islohotlar agentligi tashabbusi bilan tashkil etilgan hamda
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli QAROR iga asosan faoliyati
rasman yo’lga qo’yilgan bo’lib, Buyuk Britaniyaning OFQUAL malakalar tizimi
bilan to‘liq moslashtirilgan.
Mahalliy ta’lim – Xalqaro diplom
IQAC 3-darajadan 7-darajagacha bo‘lgan professional va kasbiy
dasturlarni ishlab chiqadi, akkreditatsiyadan o‘tkazadi hamda ularni mahalliy
hamkor oliy ta’lim muassasalarida amalga oshiradi.
IQAC dasturlari quyidagi Buyuk Britaniya universitetlari tomonidan
beriladigan diplomlar bilan yakunlanishi ko’zda tutilgan:
- University of Gloucestershire
- University of Hertfordshire
- Ulster va Northumbria universitetlari (QA Higher Education)
- University of West London
- University of Wolverhampton
Yo‘nalishlar:
- Axborot texnologiyalari (Sun’iy intellekt, Kiberxavfsizlik, Ma’lumotlar
ilmi)
- Biznes boshqaruvi
- Arxitektura
- Turizm va mehmondo‘stlik
Nega aynan IQAC?
- 3-darajali Foundation dasturi bilan maktab davridayoq boshlash
imkoniyati
- 3–7-darajali Buyuk Britaniya tizimidagi uzviy ta’lim yo‘li
- O‘zbekistonda boshlab, o‘qishni Buyuk Britaniyaga ko‘chirish imkoni
Qabul boshlandi!
Yo’nalishlar bo’yicha hamkor litsey, texnikum va universitetlarga
bog’laning:
- Toshkent shahridagi Inha universiteti – Axborot
texnologiyalari, Biznes boshqaruvi (barcha darajalar - bakalavriat va
magistratura)
- Toshkent arxitektura-qurilish universiteti –
Arxitektura (barcha darajalar - bakalavriat va magistratura)
- Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti - Turizm
va mehmondo’stlik (barcha darajalar - bakalavriat va magistratura)
- Toshkent turizm va mehmonxona boshqaruvi texnikumi – Turizm va
mehmondo’stlik (3 va 4 darajalar)
- “International House Tashkent" akademik litseyi – Biznes boshqaruvi (3 daraja).
Yuqoridagi dasturlarda o'qishni istagan talabgorlar ushbu HAVOLA orqali ma'lumot qoldirishlari so'raladi.