Chundigarx xususiy universiteti tomonidan 2026/2027-o‘quv yili uchun “Elchi stipendiyasi”ga qabul boshlandi

Chundigarx xususiy universiteti tomonidan 2026/2027-o‘quv yili uchun “Elchi stipendiyasi”ga qabul boshlandi

    Hindistonning Panjob shtati, Mohali shahrida joylashgan Chundigarx xususiy universiteti tomonidan 2026/2027-o‘quv yili uchun “Elchi stipendiyasi”ga qabul boshlangani ma’lum qilingan. Unga ko‘ra, universitetning bakalavriat, magistratura va PhD bosqichlarida ta’lim olish uchun kontrakt to‘lovlariga 50 foizgacha chegirma taqdim etilishi nazarda tutilgan. Dastur doirasida har bir mamlakat uchun 30 ta o‘rin ajratilgan bo‘lib, universitetda muhandislik va texnologiyalar, biznes va boshqaruv, aniq va tabiiy fanlar, tibbiyot va farmatsevtika, gumanitar fanlar hamda dizayn yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim beriladi. Dasturda ishtirok etishni istagan nomzodlar joriy yil 23-iyunga qadar maktab/kollej yoki OTT diplomi, transkripti hamda pasport nusxasini (telegram: @khusan4499) taqdim etishingiz so‘raladi.