D. Serikbayev nomidagi Sharq-Qozoq texnik universitetida onlayn seminar
D.Serikbayev nomidagi Sharq-Qozoq texnik universiteti
(VKТU) “Yashil universitet” mavzusida xalqaro onlayn
seminar o‘tkazmoqda hamda Toshkenr arxitektura-qurilish universiteti xodimlari spiker
yoki tinglovchi sifatida ishtirok etishga taklif qilingan.
Ishtirokchilar ro‘yxatdan o‘tishni 2025-yil 5-dekabrgacha quyidagi havola orqali amalga oshiradilar: Batafsil
D.Serikbayev nomidagi VKТU har yili UI Green Metric reytingida
qatnashadi va universitetlarda “yashil” tashabbuslarni hamda BMT Barqaror
rivojlanish maqsadlari (BRM)ni faol ravishda qo‘llab-quvvatlaydi.
Seminar mavzusi universitetlarda barqaror rivojlanish
maqsadlarini amalga oshirish, karbon izini kamaytirish, chiqindilarni saralab
yig‘ish va qayta ishlash bo‘yicha yechimlar, energiya tejashni oshirish hamda
oliygohlarning “yashil siyosati”ga oid boshqa masalalarni qamrab oladi.
O‘tgan yili seminar asosiy mavzusi – universitet
kampusida chiqindilarni saralab yig‘ish jarayonini tashkil etish masalasi
bo‘lgan. Joriy yilda esa BRMni oliygoh hayotida ilgari surish bo‘yicha
yoshlarning “yashil” tashabbuslarini muhokama qilish taklif etiladi. Shuningdek,
spikerlar tomonidan boshqa mavzular ham taklif qilinishi mumkin.
Seminar
2025-yil 11-dekabr kuni, Astana vaqti bilan 14:00–16:00 oralig‘ida
bo‘lib o‘tadi.Seminar
moderatori
– Serikbayev
nomidagi
VKТU Barqaror rivojlanish ofisi xodimi Almaz Amirgazin.
Ishchi tillar: ingliz tili / rus tili.Seminar
ishtirokchilariga mos ravishda sertifikatlar taqdim etiladi. Seminar
dasturi 2025-yil 8-dekabrdan keyin yuboriladi.

