DAAD Lektori Johanna Maierning Toshkent arxitektura-qurilish universitetiga tashrifi
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori
v.v.b. B.A.Tulaganov DAAD (Germaniya Akademik Almashuv Xizmati) lektori Johanna
Maier bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Tomonlar talabalar, akademik va ma'muriy
xodimlar almashinuvi hamda DAAD tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan stipendiya
dasturlari bo‘yicha hamkorlik masalalarini muhokama qildilar. Uchrashuv
davomida universitet tarixi, tuzilmasi va xalqaro hamkorlik yo‘nalishidagi
muvaffaqiyatli tashabbuslar taqdim etildi. Shuningdek, DAAD Germaniyadagi
hamkor universitet talabalarini IAFES-2025 TUACE Yozgi maktab dasturiga jalb
qilishda yaqindan qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Tomonlar kelgusidagi
hamkorlikni yanada mustahkamlash muhimligini ta’kidladilar.