Diqqat e'lon

Diqqat e'lon

TAKLIFNOMA

Hurmatli hamkasblar, arxitektorlar, shaharsozlar va sohaning yetakchi mutaxassislari!

Toshkent Arxitektura-Qurilish Universiteti Sizni joriy yil 16–17 oktabr kunlari Toshkent shahridagi “Azimut Grand Hotel Tashkent”  (oldingi intercontinental) mehmonxonasi va universitetimizda bo‘lib o‘tadigan “Barqaror rivojlanish yo‘lida arxitektura va shaharsozlik muammolari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaga taklif etadi.

Konferensiya dasturi:

• Zamonaviy arxitekturada ilg‘or yondashuvlar va konseptual g‘oyalar;

• Barqaror shaharsozlik modellari va ularning amaliyotdagi qo‘llanilishi;

• Innovatsion qurilish texnologiyalari va energiya samarador yechimlari;

• Milliy va xalqaro tajriba almashish, ilmiy hamkorlik platformasi.

Konferensiya ahamiyati:

Ushbu tadbir orqali ishtirokchilar ilg‘or tajribalarni o‘rganish, dunyo arxitekturasi namoyandalari bilan muloqot qilish va global ilmiy hamkorlik aloqalarini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Shu bilan birga, konferensiya ishtirokchilari uchun Zaha Hadid Architects va boshqa nufuzli xalqaro arxitektura byurolari vakillari bilan yuzma-yuz uchrashish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri tajriba va maslahatlar olish kabi juda noyob imkoniyat yaratiladi. Shu bilan birga, O‘zbekiston arxitektorlari uchun xalqaro maydonda raqobatbardosh mutaxassis sifatida shakllanish va o‘z loyihalarini global bozorga olib chiqish yo‘lida muhim qadam hisoblanadi.

📍 Manzil: Toshkent, Amir Temur ko‘chasi 107A

🗓 Sana: 16 oktabr 2025 y.

Boshlanish: 09:30


📍 Manzil: Toshkent, Yangishahar ko‘chasi 9

🗓 Sana: 17 oktabr 2025 y.

Boshlanish: 09:30

👉 Ro‘yxatdan o‘tish havolasi: archconf.taqu.uz

Sizni ushbu nufuzli xalqaro tadbir ishtirokchilari safida ko‘rishdan mamnun bo‘lamiz!

Hurmat bilan, Toshkent arxitektura-qurilish universiteti konferensiya tashkiliy jamoasi.