Farg‘ona viloyati hokimligi va Toshkent arxitektura-qurilish universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
Farg‘ona viloyati
hokimligida “Ilmiy-texnik konsorsium” faoliyatini yo‘lga qo‘yishning
dastlabki amaliy bosqichi yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.
Farg‘ona viloyati hokimligida Toshkent arxitektura-qurilish universiteti
vakillari tomonidan “Ilmiy-texnik konsorsium” faoliyatini yo‘lga qo‘yishning
dastlabki amaliy bosqichi yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.
Taqdimot davomida qurilish materiallari sanoatidagi mavjud texnologik va ishlab
chiqarish muammolarini ilmiy yechimlar bilan uzviy bog‘lash, istiqbolli ilmiy
ishlanmalarni korxonalarda tajriba-sinovdan o‘tkazish hamda ularni sanoat
miqyosida joriy etish mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama
qilindi.
Shuningdek, “Ilmiy-texnik konsorsium”ning amaliy faoliyat yuritish mexanizmini
shakllantirish, oliy ta'lim, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini
kuchaytirish, innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish hamda hududdagi
sanoat korxonalari bilan samarali hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha taklif va
tashabbuslar taqdim etildi.

