Finlandiya va Shvetsiyada xorijiy malaka oshirish kursi

Finlandiya va Shvetsiyada xorijiy malaka oshirish kursi

Professor-o‘qituvchilar uchun Finlandiya va Shvetsiyada xorijiy malaka oshirish kursi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-fevraldagi PF–27-son Farmoni hamda 2020-yil 6-noyabrdagi PQ–4884-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida oliy ta’lim muassasalarida ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy etish, professor-o‘qituvchilar va rahbar kadrlarning xorijda malaka oshirishini tashkil etish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

2024–2030-yillarda professor-o‘qituvchilarni xorijiy davlatlarga tajriba almashish uchun yuborish rejasi ishlab chiqilgan.

Shuningdek, Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, Xalqaro Nordik universiteti hamda Prime Education Finland (Finlandiya) ta’lim tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlik memorandumi asosida oliy ta’lim muassasalari rahbar kadrlari va professor-o‘qituvchilari uchun “Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat” mavzusida 1 oylik (144 soat) malaka oshirish kursi tashkil etiladi.

📌 Kurs haqida ma’lumot:

  • Muddat: 2026-yil fevral–mart
  • Format:
    • 16–28 fevral — 72 soat (BIMMda)
    • 2–13 mart — 72 soat (Finlandiya va Shvetsiyada, TOP–500 OTMlarda)
  • Ishtirokchilar: OTM rahbar xodimlari va professor-o‘qituvchilari
  • Til talabi: talab etilmaydi (tarjimon jalb qilinadi)
  • Xorijdagi malaka oshirish muddati: 14 kun

🎓 Tinglovchilarga beriladigan hujjatlar:

  • Davlat namunasidagi malaka attestati
  • Xorijiy malaka oshirganlik sertifikati
  • Xorijiy universitetda dars o‘tgani haqida ma’lumotnoma

🗓 Hujjat topshirish muddati:

2026-yil 26-yanvarga qadar

📩 Hujjatlarni yuborish manzillari:

Batafsil ma’lumot:

👉 http://nordictraining.uz/

Murojaat uchun:

+998 94 666 78 19

Mas’ul shaxs: Shukrullo Yuldashov

Finlandiya malaka oshirish ilova batafsil...