Germaniya akademik xizmati doirasidagi hamkorlik doirasida Potsdam Amaliy fanlar universiteti professorlari Toshkent arxitektura-qurilish universitetiga tashrif buyurdi
Germaniya akademik almashinuv xizmati (DAAD) doirasida
amalga oshirilayotgan loyiha asosida Germaniyaning Potsdam Amaliy fanlar
universitetidan bir guruh professorlar Toshkent arxitektura-qurilish
universitetiga tashrif buyurdi. Mazkur tashrif davomida ikki tomonlama
hamkorlikni mustahkamlash, ilmiy va akademik aloqalarni rivojlantirish,
shuningdek, kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan yangi loyihalarga tayyorgarlik
ko‘rish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar kelgusidagi hamkorlik
istiqbollarini kengaytirish, o‘zaro manfaatli loyihalarni muvaffaqiyatli amalga
oshirish va barqaror akademik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida doimiy
muloqotni davom ettirishga kelishib oldilar.