IAFES - 2025 Xalqaro yozgi maktabida talabalar vaqtlarini mazmunli oʻtkazdilar
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida "IAFES - 2025"
workshopi davom etmoqda.
- Unda University of Malaya (Malayziya),
- Universiti Teknologi MARA (Malayziya),
- Universiti Sains Islam Malaysia – USIM (Malayziya),
- Inner Mongolia University (Xitoy),
- Satbayev University (Qozog‘iston),
- Sankt-Peterburg davlat arxitektura va qurilish universiteti (Rossiya)
va boshqa nufuzli universitet ishtirokchilari mahoratlarini ishga solib
oʻzlarining milliy taomlarini tayyorladilar. Shuningdek taom tayyorlash
jarayonida oʻzaro fikr almashib, bir-birlari bilan baham koʻrdilar.
Tadbir soʻngida barcha faol ishtirokchilar kuy-qoʻshiqlarga raqsga
tushib, boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazdilar.