IAFES-2025 Xalqaro yozgi maktabining ikkinchi kuni faol va mazmunli tarzda o‘tdi

2025-yil 5-avgust kuni Toshkent arxitektura-qurilish universitetida davom etayotgan IAFES – 2025 Xalqaro yozgi maktabining ikkinchi kuni yuqori kayfiyatda boshlandi.

Dasturga muvofiq, bugungi kun Malayziyaning USIM universiteti jamoasiga bag‘ishlandi. Kun ertalab jismoniy mashg‘ulotlar va madaniy tadbirlar bilan boshlandi. Shundan so‘ng, USIM universitetining Arxitektura fakulteti dekani Dr. Nurul Syala tomonidan “Malayziyaning Kuala Terengganu shahri va Toshkentning Eski Shahar hududi dizayn tamoyillari” mavzusida ma’ruza taqdim etildi.

Workshop doirasida ishtirokchi jamoalar kun davomida ularga berilgan topshiriqlar ustida ishladilar, loyiha konsepsiyalarini muhokama qilishdi hamda birgalikda tahliliy ishlarni olib bordilar.