“Ilm-fan sohasidagi ayollar uchun UNESCO/L’Oréal” 2027-yil xalqaro mukofoti tanlovi
“Ilm-fan sohasidagi
ayollar uchun UNESCO/L’Oréal” dasturi doirasida 2027-yil xalqaro mukofoti
tanloviga nomzodlar ko‘rsatilishi e’lon qilinadi
Hurmatli professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar va tadqiqotchilar!
UNESCO hamda L’Oréal jamg‘armasi hamkorligida amalga oshirilayotgan “For
Women in Science” (Ilm-fan sohasidagi ayollar uchun) dasturi doirasida
2027-yilgi xalqaro mukofot tanloviga nomzodlar ko‘rsatish jarayoni
boshlanganini ma’lum qilamiz. Mazkur mukofot fizika, matematika va kompyuter
fanlari yo‘nalishlarida faoliyat yuritayotgan yetuk olima ayollarni
taqdirlashga qaratilgan.
Tanlov doirasida dunyoning besh mintaqasidan eng nufuzli olima ayollar
saralanib, har bir laureatga 100 000 yevro miqdorida mukofot taqdim
etiladi.
Shu munosabat bilan, fizika, matematika va kompyuter texnologiyalari
yo‘nalishlarida faoliyat yuritayotgan munosib olima ayollar nomzodlarini
aniqlash hamda ularning hujjatlarini belgilangan tartibda rasmiylashtirib
taqdim etish so‘raladi.
Hujjatlarni taqdim etish muddati: 2026-yil 19-iyunga qadar.
Batafsil ma’lumot va nomzodlarni ro‘yxatdan o‘tkazish platformasi:
Muhim eslatma: xalqaro tanlov uchun nomzodlarni qabul qilishning yakuniy
muddati 2026-yil 30-iyun etib belgilangan.

