“INNOPROM. Markaziy Osiyo” V Xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida ilg‘or muhandislik maktabi faoliyati taqdimoti o‘tkazildi
2025-yilning 1–3-may kunlari Toshkent shahrida bo‘lib
o‘tayotgan “INNOPROM. Markaziy Osiyo” V Xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida
Ilg‘or muhandislik maktabi faoliyatini tashkil etish bo‘yicha maxsus taqdimot
o‘tkazildi. Taqdimot chog‘ida MISiS Fan va texnologiyalar universitetining
Olmaliq filiali hamda “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” hamkorligida tashkil
etilgan “GeoMetTex” ilg‘or muhandislik maktabini tashkil etish bo‘yicha tajriba
o‘rganildi. Unda maktab faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi, o‘qishga qabul qilish
tartibi, o‘quv jarayonining tashkil etilishi, shuningdek, sanoat hamkori
hisoblangan korxona ehtiyojidan kelib chiqib malakali mutaxassislar tayyorlash
masalalari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi. Mazkur taqdimotda Toshkent
arxitektura-qurilish universitetining Arxitektura qurilish yo‘nalishi bo‘yicha
faoliyat yuritayotgan Ilg‘or muhandislik maktabi (IMM) rahbari, texnika fanlari
falsafa doktori (PhD), dotsent Rashidov J.G‘., shuningdek, “Qurilish”
fakultetining ingliz tili guruhlari talabalari
va “Bino va inshootlar qurilishi” kafedrasi magistrantlari ishtirok etdi.