Jizzax politexnika institutida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining navbatdagi Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o’tdi
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“O‘zbekiston-2030” strategiyasini “Atrof muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot”
yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosini ta’minlash
chora-tadbirlari, oliy ta’lim muassasalari faoliyati monitoringi natijalari
muhokama qilindi. Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri
Qo‘ng‘irotboy Sharipov boshchiligida markaziy apparat mas’ullari va tizim
tashkilotlari mutasaddilari, barcha oliy ta’lim muassasalari rahbarlari
bevosita va masofadan ishtirok etdi.