Jurnalistlar qurilish-arixtektura yo'nalishidagi muhandislik loyihalari bilan tanishdi
Xabaringiz bor, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar
vazirligi tomonidan 2025-yilning aprel oyi “Muhandislik oyligi” deb eʼlon
qilingan. Shu munosabat bilan, ayni vaqtda Toshkent arxitektura-qurilish
universitetida press-tur bo‘lib o‘tmoqda. Unda ishtirok etayotgan OAV vakillari
universitetda muhandislik yoʻnalishi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar,
erishilgan natijalar, talabalar tomonidan bajarilgan innovatsion loyihalar va
ularning ilmiy-amaliy ishlanmalari bilan yaqindan tanishdilar. Press-tur ishtirokchilariga
universitetning ishlab chiqarish bilan integratsiyalashgan dual taʼlim
dasturlari asosida olib borilayotgan faoliyati, shuningdek, yetakchi qurilish
kompaniyalari bilan yoʻlga qoʻyilgan hamkorlik aloqalari haqida ham batafsil
maʼlumot berilmoqda.