Kasaba uyushmalari federatsiyasi haqida ekskursiya qilishdi

Kasaba uyushmalari federatsiyasi haqida ekskursiya qilishdi
Kasaba uyushmalari federatsiyasi haqida ekskursiya qilishdi

O'zbekiston Kasaba uyushmasi  federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan respublika boshlang'ich kasaba uyushmalari raislari ishtirokidagi malaka oshirish va tajriba almashish amaliyoti  doirasida ishtirokchilar Toshkent arxitektura-qurilish universiteti kasaba uyushmasi faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. Uchrashuv davomida universit kasaba uyushmasi rayisi Kasimova F.E. universitetda amalga oshirilayotgan kasaba uyushmasi faoliyati, xususan, xodimlar va talabalar huquqlarini himoya qilish, ijtimoiy himoya, mehnat va dam olish sharoitlarini yaxshilash, madaniy-marifiy tadbirlarni tashkil etish boyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma'lumot berdiShuningdek, u kasaba uyushmasining talaba va xodimlarning turli sohalardagi ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan loyihalari va tashabbuslarini namoyish etdi. Ishtirokchilar universitetda amalga oshirilayotgan ilg‘or tajriba va amaliyotlarni o'rganib, ularni o'z faoliyatlarida qo‘llash imkoniyatlarini muhokama qildilar. Ushbu uchrashuv boshlang'ich kasaba uyushmalari raislari uchun foydali bo'lib, ularga yangi g'oyalar va tajribalar taqdim etdi.