Koreya Respublikasining Dongduk ayollar universiteti stipendiya tanlovi

Koreya Respublikasining Dongduk ayollar universiteti stipendiya tanlovi
Koreya Respublikasining Dongduk ayollar universiteti stipendiya tanlovi

2026-o‘quv yilida Koreya Respublikasining Dongduk ayollar universitetida “Ipak yo‘li Koreyashunosligi” bakalavriat yo‘nalishi hamda “K-Ipak yo‘li turkiy tadqiqotlari” magistratura mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olish uchun e’lon qilingan stipendiya tanlovi to‘g‘risida ma’lumot yuborilmoqda.

Koreya tomonining ma’lumotiga ko‘ra, nomzodlar respublika TAQU ilmiy xodimlari, doktorantlari, magistrantlari, talabalari qatoridan bo‘lishlari va muayyan talablarga javob berishlari lozim, ular hujjatlar natijalari asosida tanlab olinadilar.

Ushbu tanlovda (bakalavriat, magistratura) ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar arizalar va barcha zarur hujjatlarni ilova qilgan holda, 2026-yil 12-yanvarga qadar www.uwayapply.com havolasi orqali on-line tarzda taqdim etishlari kerak. Hujjatlarga ularning ingliz yoki koreys tillariga notarial tasdiqlangan tarjimasi ilova qilinishi kerak.

Bakalavriat yonalishi va magistratura mutaxassisligi boyicha oqishga qabul qilingan stipendiya sovrindorlariga har bir semestr uchun 50% oqish tolovidan chegirma va boshqa imtiyozlar taqdim etiladi.

Stipendiya dasturi to‘g‘risidagi batafsil ma’lumot uchun intl@dongduk.ac.kr elektron pochta manziliga murojaat qilish mumkin.


1. Dongduk universiteti ilovalari batafsil...

2. Dongduk universiteti ilovalari batafsil...