Koreya Respublikasining Yongnam universitetida magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha tahsil olish uchun e’lon qilingan stipendiya tanlovi
2026-yil
bahor faslida Koreya Respublikasining Yongnam universitetida magistratura
mutaxassisliklari bo‘yicha tahsil olish uchun e’lon qilingan stipendiya tanlovi
to‘g‘risida ma’lumot yuborilmoqda.
Yongnam universiteti tomonidan mazkur stipendiya dasturi doirasida quyidagi uchta asosiy ta’lim yo‘nalishlari taklif qilinmoqda:
- Semaul va xalqaro rivojlanish;
- Davlat siyosati va
yetakchilik;
- Barqaror rivojlanish.
Koreya
tomonining ma’lumotiga ko‘ra, nomzodlar TAQU rahbariyati, o‘qituvchilari, ilmiy
xodimlari, doktorantlari, magistrantlari, talabalari qatoridan bo‘lishlari va
muayyan talablarga javob berishlari lozim, ular hujjatlar natijalari asosida
tanlab olinadilar.
Dastur
doirasida stipendiya sovrindorlari o‘qish to‘lovidan to‘liq ozod qilinadi hamda
12 oy davomida har oy stipendiya oladilar.
Ushbu
tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar arizalar va barcha zarur hujjatlarni
ilova qilgan holda, 2025-yil 17-oktabrga qadar havolasi orqali on-line tarzda
taqdim etishlari kerak.
Mazkur dastur to‘g‘risidagi batafsil ma’lumot uchun: Batafsil
Elektron
pochta manzillariga murojaat qilish mumkin.