Korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuviga oid huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan targ‘ibot ishlari olib borildi
Universitet rektorining
2025-yil 19-noyabrdagi 3/79-sonli buyrug‘iga asosan, joriy yilning 17 noyabrdan
21 noyabrigacha Toshkent arxitektura-qurilish universitetida doktorantura,
tayanch doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka talabgorlar uchun o‘tkaziladigan
kirish imtihonlarida adolat va shafoflikni ta’minlash maqsadida universitetning
Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi
boshlig‘i M. Isakdjanov tomonidan imtihon jarayonlarida korrupsiya va
manfaatlar to‘qnashuviga oid huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan targ‘ibot
ishlari olib borildi.
Nomzodlarga quyidagilar
ma’lum qilindi: agar korrupsiya bilan bog‘liq savollar yoki muammolar yuzaga
kelsa, ular quyidagi aloqa kanallari orqali xabar berishlari mumkin:
Komplayens-nazorat bo‘limi
Manzil: Bosh bino, 610-kabinet
Telefon: 55-508-03-14
Email: taqukorrupsiyakomplaens@gmail.com
Anonim murojaat kanallari
Onlayn murojaat: https://t.me/+BdbC_xxB_k9jMzZi
Telegram-bot: https://t.me/taqu_corruption_bot
Sizning murojaatlaringiz maxfiy saqlanadi va qonun doirasida ko‘rib
chiqiladi.
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida korrupsiyaga nisbatan “Nol
toqat” siyosati amal qiladi.

