Korrupsiyasiz ta’lim - adolatli kelajakning kafolati
Toshkent arxitektura-qurilish
universitetida korrupsiyaning oldini olish, akademik halollik va talabalarda
halollik tamoyillarini shakllantirishga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda Muhandislik fakulteti
talabalari hamda universitetning Korrupsiyaga qarshi kurashish va
komplaens-nazorat tizimini boshqarish bo‘limi vakillari ishtirok etdi.
Suhbat davomida korrupsiyaga
murosasiz munosabatni shakllantirish, halol bilim olish, imtihon va
topshiriqlarni mustaqil bajarish, plagiat hamda noqonuniy yo‘llar orqali baho
olishning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, talabalarga universitetda korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq holatlar yuzasidan murojaat qilish uchun maxsus aloqa kanallari faoliyat yuritayotgani haqida ma’lumot berildi.

