M.Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti olimlari Toshkent arxitektura-qurilish universiteti bilan ilmiy-tadqiqot amaliyotini o‘tamoqda

M.Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti olimlari Toshkent arxitektura-qurilish universiteti bilan tuzilgan hamkorlik memorandumi doirasida ilmiy-tadqiqot amaliyotini o‘tamoqda.

Mazkur ilmiy-tadqiqot amaliyotidan ko‘zlangan asosiy maqsad ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, bino va inshootlar qurilishi sohasida tajriba almashish hamda qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirishdan iborat.

Amaliyot doirasida xorijiy olimlar Toshkent arxitektura-qurilish universitetining “Bino va inshootlar qurilishi” hamda “Gidrotexnika va geotexnika muhandisligi” kafedralarining ilmiy faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, ilmiy maslahatlashuvlarda ishtirok etib, qo‘shma tadqiqotlar istiqbollari muhokama qilindi hamda qurilish sohasidagi dolzarb muammolarni hal etishning zamonaviy yondashuvlari o‘rganildi.

Amaliyot yakunida universitetlar o‘rtasidagi ilmiy hamkorlikni yanada mustahkamlash, qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish va tajriba almashinuvini kengaytirish bo‘yicha o‘zaro kelishuvlarga erishildi.