"Men giyohvandlikka qarshiman!" shiori ostida ijodiy ishlar tanlovi eʼlon qilamiz!
Tanlov quyidagi
yo'nalishlarda o'tkaziladi:
a) Adabiyot
yo'nalishi-bunda talabalar tomonidan mavzuga doir yozilgan she'r, hikoya, esse,
dramatik asar va insholar ko'rib chiqiladi:
b) Tasviriy va amaliy
san'at yo'nalishi- bunda talabalar tomonidan tayyorlangan plakatlar, rasmlar,
grafik ishlanmalar, akvarel, naqqoshlik, qo'lda ishlangan buyumlar shuningdek,
boshqa tasviriy va amaliy san'at turlari bo'yicha ijodiy ishlar ko'rib chiqiladi.
Ishtirokchilar ijodiy
ishlarini 10-sentyabrga qadar bosh bino 210-xonaga taqdim etishlari soʻraladi.
Aziz talaba-yoshlar, tanlovda faol ishtirok eting, bilimlaringizni sinovdan o‘tkazing va g‘oliblar qatoridan joy egallang.