“Murat Building” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Bugun Toshkent
arxitektura-qurilish universiteti rektori Baxrom Tulaganov shaharning nufuzli
qurilish kompaniyalaridan biri —“Murat Building” kompaniyasi vakillari bilan
uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish
masalalarini muhokama qildilar. Xususan, kadrlar
tayyorlash, tajriba almashish, malakali mutaxassislar yetishtirish hamda ta’lim
va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirishga qaratilgan hamkorlik
yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi.
Yakunda tomonlar kelgusida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish
bo‘yicha kelishuvga erishdilar.

