Nagoya va Gifu universitetlarida tahsil olish va ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun stipendiya tanlovi

Nagoya va Gifu universitetlarida tahsil olish va ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun stipendiya tanlovi

Yaponiya Ta’lim, madaniyat, sport, fan va texnologiyalar vazirligi dasturi doirasida Nagoya va Gifu universitetlarida tahsil olish va ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun e’lon qilingan stipendiya tanlovi to‘g‘risida ma’lumot yuborilmoqda.

Ushbu stipendiyalar “Forefront Studies Program” dasturi doirasida Nagoya va Gifu universitetlari tomonidan fuqarolik va atrof-muhit muhandisligi (Civil and Environmental Engineering) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha taqdim etiladi. Nomzodlar TAQU o‘qituvchilari, ilmiy xodimlari, doktorantlari, magistrantlari, talabalari qatoridan bo‘lishlari va muayyan talablarga javob berishlari lozim, ular hujjatlar natijalari asosida tanlab olinadilar.

Ushbu tanlovda (magistratura, doktorantura) ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar arizalar va barcha zarur hujjatlarni ilova qilgan holda, 2025-yil 28-noyabrga qadar on-line tarzda taqdim etishlari kerak. Stipendiyalar bilan bog‘liq xarajatlar (o‘qish, yashash va tibbiy sug‘urta) Yaponiya hukumati tomonidan qoplanadi. Mazkur stipendiya dasturi to‘g‘risidagi batafsil ma’lumot bilan

 https://www.civil.nagoya-u.ac.jp/ceeipo/index.html

 https://www.civil.nagoya-u.ac.jp/forefront/admission.html

veb-sahifalarida tanishish mumkin.