NIU MGSU xalqaro simpoziumi

NIU MGSU xalqaro simpoziumi

XALQARO ILMIY-AMALIY SIMPOZIUM
Hurmatli professor-o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar, doktorantlar, magistrantlar hamda soha mutaxassislari!
Moskva Davlat Qurilish Universiteti (NIU MGSU) tomonidan 2026-yil 21–25-sentabr kunlari “Qurilish sohasining kelajagi: rivojlanish muammolari va istiqbollari” mavzusida IV Xalqaro ilmiy-amaliy simpozium o‘tkaziladi.
📍 O‘tkazilish joyi: Moskva shahri, Rossiya Federatsiyasi
📅 Sana: 2026-yil 21–25-sentabr
💻 Ishtirok shakli: oflayn va onlayn
Simpoziumning asosiy yo‘nalishlari:
• Arxitektura, shaharsozlik va hududlarni rivojlantirish;
• Suv resurslarini boshqarish va ekologik muammolar;
• Qurilishda raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt;
• Zamonaviy qurilish materiallari va innovatsion texnologiyalar;
• Qurilish iqtisodiyoti, boshqaruv va ekspertiza masalalari;
• Qurilish sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlash.
Simpozium ilmiy tajriba almashish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va zamonaviy qurilish sohasidagi dolzarb masalalarni muhokama qilish uchun muhim maydon hisoblanadi.
📞 Telefon: +7 (499) 183-83-65
📧 E-mail: MakarovaOM@mgsu.ru
📧 E-mail: science@mgsu.ru
Qo‘shimcha ma’lumot uchun Tashkiliy qo‘mita bilan yuqoridagi aloqa vositalari orqali bog‘lanishingiz mumkin.