Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risida

Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risida

2024-2025 o‘quv yilida 1-kursga qabul qilingan Toshkent arxitektura-qurilish universitetiga bakalavr kunduzgi ta'lim shakli va magistr kunduzgi  ta'lim shakllariga qabul qilingan talabalar uchun Toshkent arxitektura-qurilish universitetida 2025-2026 o‘quv yilida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tanlovida ishtirok etish uchun TAQU rasmiy veb sayt orqali arizalarni topshirish 2025-yil 1-iyuldan ishga tushirildi.

Platformaga https://taqu.uz  rasmiy veb sayti "Talabalarga" bo‘limidan o‘tishingiz mumkin.

Ushbu platformada GPA ko‘rsatkichi 3.5 va undan yuqori bo‘lgan talabalar ariza berib tanlovda ishtirok etishlari mumkin.

Arizalarni 2025-yil 20-iyul 23:59 gacha topshirish mumkin.

GPA ko‘rsatkichi qayta oʻqish fanlari tugashi bilan qayta HEMIS AT da qayta hisoblab boriladi.

Bu xabar faqat TAQU 1-kurs magistr va bakalavr kunduzgi ta'lim shaklidagi talabalarga tegishli.