Optimal Architect Group ishlash imkoniyatini taqdim etadi

Optimal Architect Group ishlash imkoniyatini taqdim etadi

Optimal Architect Group — Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi arxitektura, shaharsozlik va muhandislik kompaniyasi bo‘lib, real loyihalar, professional muhit va kuchli jamoa bilan ishlash imkoniyatini taqdim etadi.

Kompaniyamiz iqtidorli va mas’uliyatli talabalar uchun Stipendiya tashkil qiladi. U amaliyot dasturi asosida bo'lib, Toshkentdagi ofisda bo‘lib o‘tadi va uning asosiy maqsadi talabalarni professional ish muhitiga moslashtirish hamda kelajakda kompaniya jamoasiga qo‘shishdir.

Kimlar ariza topshirishi mumkin?

• 3–4 kurs (bitiruvchi bosqich) talabalari

• O‘rtacha baho: 4–5

• Yo‘nalishlar: Arxitektura, Shaharsozlik, Qurilish va Iqtisodiyot

Saralash jarayoni:

1-bosqich:

CV + Portfolio topshirish

2-bosqich:

Suhbat yoki amaliy topshiriq

Ariza topshirish uchun oxirgi muddat: 10.05.2026

Ro‘yxatdan o‘tish uchun link: https://forms.gle/aRAPNseZRZCLepmC9