OTM rektorlari o'rtasida “Vazir kubogi” sport musobaqalari bo'lib o'tdi
Toshkent davlat Sharqshunoslik universiteti sport maydonlarida oliy
ta’lim muassasalari rektorlari o‘rtasida “Vazir kubogi” sport musobaqalarining
tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sport vazirligi,
Milliy Olimpiya qo‘mitasi hamda Milliy Paralimpiya qo‘mitasi rahbariyati,
shuningdek, oliy ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirok etdilar.
Musobaqalar doirasida Toshkent shahridagi barcha oliy ta’lim
muassasalari rektorlari mini futbol, stol tennisi va shaxmat bo‘yicha
bellashdilar.
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori v.v.b. Baxrom
Tulaganov ham ushbu sport musobaqalarida faol ishtirok etdi.
“Vazir kubogi” oliy ta’lim muassasalari rahbarlari o‘rtasida sportni
keng targ‘ib qilish, sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash hamda jismoniy
faollikni oshirish maqsadida tashkil etilgan.