Ozarbayjon Respublikasining ADA universiteti tomonidan Yozgi Energetika Maktabi tashkil etilmoqda
Ozarbayjon
Respublikasining ADA universiteti tomonidan Boku va Aktau shaharlarida joriy
yil 23-iyun-4-iyul kunlari “Energy Connectivity Edition” mavzusidagi 19-Boku
Yozgi Energetika Maktabi (Baku Summer Energy School – BSES) tashkil etilmoqda.
Mazkur o‘quv dasturi Kaspiy mintaqasida energetika xavfsizligi, yashil energetika, transport bog‘lanishi va mintaqaviy barqarorlik masalalariga bag‘ishlangan bo‘lib, o‘quv dasturida ishtirok etish uchun hozirgi kunda 50 foiz chegirma e’lon qilingan.
O‘quv
dasturining yo‘nalishlari quyidagilar:
- Energiya
diplomatiyasi va xalqaro shartnomalar
- Barqaror
rivojlanish va yashil energiya siyosati
- Kaspiy
mintaqasi geosiyosati va transport infratuzilmasi
- CICA doirasida
mintaqaviy hamkorlik amaliyoti
Yuqorida kelitirilgan o‘quv dasturi to‘g‘risidagi batafsil ma’lumot bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.