Qurilish fakultetida dual ta’lim amaliyotda!

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida ta’limni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish yo‘lida muhim qadam tashlandi. 2025/2026 o‘quv yilining bahorgi semestridan boshlab “Bino va inshootlar qurilishi” kafedrasi hamda “O‘zshahar qurilish invest” MChJ hamkorligida dual ta’lim tizimi joriy etildi.

2-fevral kuni kafedra dotsenti Norov Nusiratjon Nuralievich rahbarligida Qurilish fakultetining 4-bosqich talabalari uchun “Qurilish obyektlarini texnik ekspluatatsiyasi asoslari” fanidan amaliy mashg‘ulotlar bevosita qurilish obyektlarida tashkil etildi.

Mazkur amaliyotlar talabalar uchun real ish jarayonlari bilan tanishish, nazariy bilimlarni mustahkamlash hamda kelajakda malakali mutaxassis bo‘lib yetishishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.