Raddiya

Raddiya

"Eltuz" kanalida e’lon qilingan “Toshkent davlat arxitektura-qurilish universitetidagi korrupsiya holatlari” nomli maqolada keltirilgan iddaolar asossiz va haqiqatga zid hisoblanadi.

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim sohasidagi qonunlari va normativ hujjatlari asosida shaffoflik, sifat va qonuniylik tamoyillariga qat’iy amal qilgan holda olib boriladi.

Sirtqi ta’lim jarayonlari belgilangan tartibda tashkil etilgan bo‘lib, talabalar davomati, baholash va amaliyotlar kredit-modul tizimi asosida amalga oshiriladi. Hozirga qadar talabalar tomonidan darsdan chiqarilganlik haqida birorta ham shikoyat kelib tushmagan.

Maqolada tilga olingan Adham Siddiqov ismli shaxs universitetda professor-o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritmaydi.

Ta’lim jarayonining ochiqligi va xolisligini ta’minlash maqsadida videokuzatuv tizimlari, apellyatsiya tartibi, anonim murojaatlar uchun platformalar yo‘lga qo‘yilgan.

Universitet korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuviga qarshi kurashish borasida murosasiz siyosat yuritadi va bu borada tizimli ishlar olib borilmoqda.

Maqoladagi yolg‘on va anonim axborotlar universitet nufuziga putur yetkazishi mumkinligi bois, ushbu materialni e’tiborsiz deb hisoblash va kanal ma’muriyatidan maqolani olib tashlashni so‘raymiz.

Ushbu murojaat “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi, “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi qonunlar hamda O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining shaʼn va ishchanlik obro‘sini himoya qilishga doir moddalariga asoslanadi.

Batafsil