Rahbar va talabalar uchrashuvi
Toshkent
arxitektura-qurilish universitetida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi
sohasida nazorat qilish inspeksiyasi rahbari boshchiligida "Rahbar va
talabalar uchrashuvi" bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida inspeksiya rahbari
talaba-yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazib, ularni qiziqtirgan
savollarga batafsil va asosli javoblar berdi. Tadbirda universitet rahbariyati,
professor-o‘qituvchilar, soha mutaxassislari hamda ommaviy axborot vositalari
vakillari ishtirok etdi. Muloqot jarayonida qurilish sohasidagi amaliy ishlar,
davlat nazorati mexanizmlari, kadrlar salohiyatini oshirish, yosh
mutaxassislarni tayyorlash va ularni sohaga samarali jalb etish masalalari
atroflicha muhokama qilindi. Xususan, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”
doirasida olib borilayotgan tizimli ishlar, talabalar bilim va ko‘nikmalarini
amaliyot bilan bog‘lash muhimligi alohida ta’kidlandi. Shuningdek, inspeksiya
faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari, uning huquqiy asoslari, sohaga oid
islohotlar hamda raqamli nazorat usullari yuzasidan ham batafsil ma’lumotlar
taqdim etildi.