Rahbar va yoshlar uchrashuvi

Rahbar va yoshlar uchrashuvi
Rahbar va yoshlar uchrashuvi
Rahbar va yoshlar uchrashuvi
Rahbar va yoshlar uchrashuvi
Rahbar va yoshlar uchrashuvi
Rahbar va yoshlar uchrashuvi
Rahbar va yoshlar uchrashuvi
Rahbar va yoshlar uchrashuvi
Rahbar va yoshlar uchrashuvi
Rahbar va yoshlar uchrashuvi

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 34 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir Toshkent harbiy okrugi va universitet rahbariyati hamkorligida tashkil qilindi. Uchrashuvdan bir qator maqsadlar ko‘zlangan bo‘lib, muloqotlar ochiq va samimiy ruhda kechdi. Jumladan, talaba yoshlarni kasbga yo‘naltirish yoxud hayotda munosib o‘rnini topishida yaqindan ko‘maklashish, ularning intellektual salohiyati va dunyoqarashini yanada yuksaltirish hamda milliy armiyamizda bugungi kunda olib borilayotgan islohotlar borasida fikr va mulohazalar tinglandi.

Xususan, samimiy va ochiq muloqot tarzida kechgan uchrashuv davomida talabalarning fikr va takliflari ham eshitilib, rahbar tomonidan zarur tavsiyalar berildi. Shu bilan birga, talabalar Mudofaa vazirligi mas’ullaridan sohaga doir o‘zlarini qiziqtirga savollarga bevosita javob olish imkoniga ega bo‘ldi. 

Universitetda tengdoshlariga namuna bo‘lib kelayotgan bir guruh Koordinator talaba yoshlarga qo‘mondonlikning faxriy yorlig‘i va esdalik sovg‘alari topshirildi.