Rektor va yoshlar uchrashuvi
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori B.A.Tulaganov,
Akademik faoliyat boʻyicha prorektor R.M.Xadjaev, Yoshlar masalalari va
ma'naviy-ma'rifiy ishlar prorektori S.X.Mardov va fakulteti dekani
D.K.Xoliqov talaba-yoshlar bilan
uchrashdi. Muhandislik fakulteti dekani D.K.Xoliqov tadbirni kirish soʻzi bilan
ochib berdi va universitet rektori B.A.Tulaganovga soʻz berdi. Ochiq
muloqot tarzidagi uchrashuvda universitetda yoshlar uchun yaratilgan koʻplab
imkoniyatlarni ta’kidlab, talabalar ulardan unumli foydalanishga chaqirildi.
Bundan tashqari talabalar uchun loyiha markazlari tashkil etilganligi va u
yerda talabalar oʻz malakalarini oshirish mumkinligini ta’kidlab oʻtdi. Uchrashuvda
yangiliklar, xalqaro hamkorliklar, loyihalar toʻgʻrisida maʼlumot berildi. Tadbir
davomida Akademik faoliyat boʻyicha
prorektor R.M.Xadjaev universitetning oʻquv jarayoni va kredit modul tizimi
toʻgʻrisida ma’lumot berib oʻtdi. Talabalar bilan qiziqarli savol javob ham boʻlib oʻtdi.