“Serbiya dunyosi” loyihasi doirasida grant dasturi
SERBIYA RESPUBLIKASIDA DAVLAT GRANTI ASOSIDA TAHSIL OLISH IMKONIYATI
Hurmatli talabalar va yosh tadqiqotchilar!
“Serbiya dunyosi” loyihasi doirasida O‘zbekiston fuqarolari uchun
2027/2028-o‘quv yilida Serbiya Respublikasida serb tilini o‘rganish hamda
Serbiya universitetlarida davlat granti asosida tahsil olish uchun 1 ta o‘rin
ajratildi.
📌 Nomzodlar
hujjatlarini 2025-yil 26-iyun sanasiga qadar quyidagi elektron manzilga
yuborishlari lozim:
📧 worldinserbia@prosveta.gov.rs
📋 Nomzodlarga
qo‘yiladigan talablar:
• Bakalavriat uchun — yoshi 21 dan oshmagan bo‘lishi;
• Magistratura uchun — yoshi 25 dan oshmagan bo‘lishi;
• Doktorantura uchun — yoshi 35 dan oshmagan bo‘lishi.
🎓 Ta’lim
darajasi bo‘yicha talablar:
• Bakalavriatga hujjat topshiruvchilar 4 yillik to‘liq o‘rta ma’lumotga
ega bo‘lishi;
• Magistraturaga hujjat topshiruvchilar tegishli bakalavr darajasiga ega
bo‘lishi;
• Doktoranturaga hujjat topshiruvchilar bakalavr va magistr darajalariga
ega bo‘lishi kerak.
📊 Nomzodlarning
o‘rtacha akademik ko‘rsatkichi kamida 80 foiz bo‘lishi talab etiladi.

