Shahar agrar sektori: Oʻzbekiston delegatsiyasining Chendudagi taassurotlari
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va
innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Otabek Mahkamov rahbarligidagi yurtimizning
13 ta oliy taʼlim muassasasi vakillaridan iborat delegatsiya Xitoy Xalq
Respublikasining Qishloq xoʻjaligi fanlar akademiyasi qoshidagi Shahar qishloq
xoʻjaligi institutiga tashrif buyurdi.
Institut shahar muhitida barqaror va yuqori texnologik
qishloq xoʻjaligini rivojlantirishga ixtisoslashgan boʻlib, intellektual
bogʻdorchilik, agrobototexnika (yaʼni
qishloq xo‘jaligida robototexnika vositalaridan foydalanish), qoʻziqorin
yetishtirish, vertikal dehqonchilik hamda bioenergetika sohalarida ilmiy
tadqiqotlar olib boradi.